“BIZ — SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ” SHIORI OSTIDA TADBIR O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ishtirokida “Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti “Avtomatlashtirish va dasturiy injiniring” kafedrasi tashabbusi bilan o'tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-qizlar hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik hamda inson salomatligini mustahkamlashga qaratilgan muhim jihatlar yuzasidan talaba-qizlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, zararli odatlardan voz kechish hamda salomatlikni asrashga oid fikr-mulohazalar almashildi.